Molekulyar-Fizika

Boshlangʻich · 2 semestr: 36 soat ma'ruza + 36 soat amaliyot

Molekulyar fizika

Kredit-modul tizimida molekulyar fizika: fan dasturi boʻyicha 15 maʼruza (M1–M15) va 15 amaliy mashgʻulot (A1–A15) — nazariya, test, bosqichma-bosqich masalalar va virtual laboratoriya ishlari.

15 modul · 46 dars · Xurshida Rahmonova

Kursga yozilish uchun akkauntingizga kiring yoki roʻyxatdan oʻting.

Nimalarni oʻrganasiz

  • Molekulyar-kinetik nazariya va ideal gaz qonunlarini tushuntirish
  • Maksvell va Boltsman taqsimotlari bilan hisoblash
  • Termodinamikaning I va II qonunlarini jarayonlarga qoʻllash
  • Koʻchish hodisalarini (diffuziya, qovushoqlik, issiqlik oʻtkazuvchanlik) baholash
  • Real gaz, suyuqlik va qattiq jism xossalarini tahlil qilish
  • Virtual laboratoriyada oʻlchash va xatolikni baholash

Kurs dasturi

  1. 1. Molekulyar fizika faniga kirish

    4 soat maʼruza. Fanning maqsadi. Fanning vazifasi. Molekulyar kinetik nazariya asoslari. Atom, molekula va ularning xossalari toʻgʻrisida umumiy tushunchalar. Molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. Modda tuzilishining oʻrganishning ikki usuli. Molekulalarning oʻzaro taʼsiri.

    1. 1.1M1. Maʼruza
    2. 1.2A1. Molekulalarning asosiy xarakteristikalari. Modda miqdori
    3. 1.3A2. Ideal gazlar kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi
    4. 1.4Laboratoriya ishi: Yogʻ pardasi usulida molekula oʻlchamini aniqlash
  2. 2. Ideal gaz va uning holat parametrlari

    2 soat maʼruza. Ideal gaz. Gaz bosimi. Temperatura. Holat parametrlarini oʻlchash. Ideal gaz holat tenglamasi. Ideal gaz qonunlari. Izojarayonlar. Broun harakati.

    1. 2.1M2. Maʼruza
    2. 2.2A3. Gaz holati tenglamasi. Gazlar aralashmasi
    3. 2.3A4. Ideal gaz qonunlari. Izobarik, izoxorik va izotermik jarayonlar
    4. 2.4Laboratoriya ishi: Boyl–Mariott qonunini tekshirish
  3. 3. Barometrik formula

    2 soat maʼruza. Ehtimollik haqida tushuncha. Barometrik formula.

    1. 3.1M3. Maʼruza
    2. 3.2A5. Barometrik formula. Bolsman taqsimoti
    3. 3.3Laboratoriya ishi: Barometrik formula: havoning molyar massasi
  4. 4. Molekulalarning tezliklar boʻyicha taqsimoti

    4 soat maʼruza. Taqsimot haqida tushuncha. Taqsimot funksiyasi. Molekulalarning tezliklar boʻyicha taqsimoti, Maksvell taqsimoti. Taqsimot qonunini eksperimentda tekshirish.

    1. 4.1M4. Maʼruza
    2. 4.2A6. Molekulalarning xarakteristik tezliklari
    3. 4.3Laboratoriya ishi: Maksvell taqsimoti: tezlik selektori va temperatura
  5. 5. Termodinamikaning birinchi qonuni. Ichki energiya

    2 soat maʼruza. Ideal gaz ichki energiyasi. Ish va issiqlik miqdori. Issiqlikning mexanik ekvivalenti. Termodinamika I-qonunining amaliyotga tatbiqi.

    1. 5.1M5. Maʼruza
    2. 5.2A8. Termodinamik ish. Ichki energiya. Termodinamikaning birinchi qonuni
    3. 5.3A9. Termodinamikaning birinchi qonunining izoxorik va izobarik jarayonlarga tatbiqi
    4. 5.4Laboratoriya ishi: Joul tajribasi: suvning solishtirma issiqlik sigʻimi
  6. 6. Ideal gaz issiqlik sigʻimi

    4 soat maʼruza. Gazlarning issiqlik sigʻimi va molekulalarning erkinlik darajalari. Bir va koʻp atomli gazlar issiqlik sigʻimi. Issiqlik sigʻimlarini oʻlchash.

    1. 6.1M6. Maʼruza
    2. 6.2A7. Ideal gazning issiqlik sigʻimi
    3. 6.3Laboratoriya ishi: Gazning issiqlik sigʻimi va erkinlik darajalari
  7. 7. Adiabatik va politropik jarayonlar

    2 soat maʼruza. Adiabatik jarayon. Adiabatik jarayonda bajarilgan ish. Politropik jarayon. Gazni boʻshliqda kengayishi.

    1. 7.1M7. Maʼruza
    2. 7.2A10. Termodinamikaning birinchi qonunining izotermik va adiabatik jarayonlarga tatbiqi
    3. 7.3Laboratoriya ishi: Kleman–Dezorm usulida adiabata koʻrsatkichi
  8. 8. Gazlarda koʻchish hodisalari

    2 soat maʼruza. Molekulyar harakat va koʻchish hodisalari. Oʻrtacha toʻqnashishlar soni. Oʻrtacha erkin yugurish yoʻli. Zarralarning effektiv koʻndalang kesimi va ehtimollik. Erkin yugurish yoʻlini tajribada aniqlash.

    1. 8.1M8. Maʼruza
    2. 8.2Laboratoriya ishi: Oʻrtacha erkin yugurish yoʻli
  9. 9. Gazlarda diffuziya

    2 soat maʼruza. Diffuziya hodisasi. Nostatsionar diffuziya. Statsionar diffuziya. Diffuziya koeffitsientini hisoblash. Oʻzaro diffuziya. Termik diffuziya.

    1. 9.1M9. Maʼruza
    2. 9.2Laboratoriya ishi: Gazlar diffuziyasi va Graham qonuni
  10. 10. Gazlarda issiqlik oʻtkazuvchanlik va gazlarning qovushqoqligi

    2 soat maʼruza. Gazlarda issiqlik oʻtkazuvchanlik hodisasi. Statsionar issiqlik oʻtkazuvchanlik. Issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsientini hisoblash. Gazlarning qovushqoqligi (ichki ishqalanish). Qovushqoqlik koeffitsientini va uni oʻlchash. Koʻchish koeffitsientlari orasidagi munosabat.

    1. 10.1M10. Maʼruza
    2. 10.2A15. Molekulalarning oʻrtacha erkin chopish masofasi. Toʻqnashishlar soni. Koʻchish hodisalari: diffuziya, yopishqoqlik, issiqlik oʻtkazuvchanlik
    3. 10.3Laboratoriya ishi: Stoks usulida qovushoqlikni aniqlash
  11. 11. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Entropiya. Issiqlik mashinalari

    2 soat maʼruza. Entropiya tushunchasi. Qaytar jarayonlarda entropiya. Qaytmas jarayonlarda entropiya. Termodinamikaning ikkinchi qonuni va uning taʼriflari. Termodinamikaning uchinchi qonuni. Muvozanat holatlar. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Karno sikli. Issiqlik mashinalari.

    1. 11.1M11. Maʼruza
    2. 11.2A11. Aylanma jarayonlar. Termik FIK
    3. 11.3A12. Karno sikli. Issiqlik dvigatellari va sovutgich mashinalari
    4. 11.4Laboratoriya ishi: Karno sikli: isitkich temperaturasi
  12. 12. Real gazlar. Van-der-Vaals tenglamasi

    2 soat maʼruza. Gaz xossalarining ideallikdan chetlanishi. Van-der-Vaals tenglamasi. Van-der-Vaals izotermalari.

    1. 12.1M12. Maʼruza
    2. 12.2A13. Van-der-Vaals tenglamasi. Kritik holat. Real gazning ichki energiyasi
    3. 12.3Laboratoriya ishi: Real gaz: Van-der-Vaals tenglamasi
  13. 13. Kritik holat. Gazlarni siyraklashtirish va suyultirish

    2 soat maʼruza. Kritik temperatura va kritik holat. Van-der-Vaalsning keltirilgan tenglamasi. Gazlarning kengayishi. Past bosimli gazlarda issiqlik oʻtkazuvchanlik. Molekulyar oqim. Vakuumda diffuziya. Past bosimlarni oʻlchash. Joul–Tomson effekti. Gazlarni suyultirish usullari. Suyuq geliy.

    1. 13.1M13. Maʼruza
    2. 13.2Laboratoriya ishi: Joul–Tomson effekti
  14. 14. Suyuqliklarning xossalari. Suyuqlik hodisalari

    2 soat maʼruza. Suyuqliklarning hajmiy xossalari. Suyuqliklarning issiqlik sigʻimi. Suyuqliklarda koʻchish hodisalari. Sirt taranglik kuchi. Sirt taranglik koeffitsientini temperaturaga bogʻliqligi. Sirt taranglik koeffitsientini oʻlchash usullari. Suyuqliklarning bugʻlanishi va qaynashi. Suyuqliklar qaynashining bosim va temperaturaga bogʻliqligi. Kapillyar hodisalar. Osmotik bosim.

    1. 14.1M14. Maʼruza
    2. 14.2A14. Toʻyingan va toʻyinmagan bugʻlar. Havo namligi. Sirt tarangligi. Kapillyar hodisalar
    3. 14.3Laboratoriya ishi: Tomchi uzilish usulida sirt tarangligi
  15. 15. Qattiq jismlar. Qattiq jismlar xossalari

    2 soat maʼruza. Qattiq jismlar va ularning turlari. Qattiq jismlarning asosiy fizik xossalari. Kristall panjara. Kristallarning defektlari. Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Elastik deformatsiya va issiqlikdan kengayish. Kristallarda dislokatsiya. Qattiq jismlarda diffuziya. Qattiq jismlarning termodinamik xossalari. Qattiq jismlarning erishi va qotishi. Birinchi va ikkinchi tur fazaviy oʻtishlar.

    1. 15.1M15. Maʼruza
    2. 15.2Qoʻshimcha: erish, qotish va issiqlikdan kengayish masalalari
    3. 15.3Laboratoriya ishi: Chiziqli kengayish koeffitsiyenti