Mashq rejimi
Virtual laboratoriya
Qurilmani oʻzingiz boshqarasiz: oʻlchaysiz, jadvalni toʻldirasiz, oʻrtacha qiymat va xatolikni hisoblab, natijani shu yerda tekshirasiz. Bu yerdagi ishlar saqlanmaydi — baholanadigan hisobot kurs darsidagi topshiriq orqali topshiriladi.
Boyl–Mariott qonunini tekshirish va gaz miqdorini aniqlash
Oʻzgarmas temperaturada gaz bosimining hajmga bogʻliqligini oʻrganish, ekanini tekshirish va silindrdagi gaz miqdorini topish.
Kleman–Dezorm usulida adiabata koʻrsatkichini aniqlash
Gazning issiqlik sigʻimlari nisbati ni adiabatik kengayish orqali aniqlash va uni molekula erkinlik darajalari bilan solishtirish.
Stoks usulida suyuqlikning ichki ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash
Suyuqlikda tushayotgan sharcha harakatini kuzatib, glitserinning dinamik qovushoqligi ni aniqlash.
Tomchi uzilish usulida suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyentini aniqlash
Kapillyar uchidan uzilayotgan tomchilar massasini oʻlchab, suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenti ni aniqlash.
Qattiq jismning chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlash
Isitilgan metall sterjen uzayishini oʻlchab, chiziqli kengayish koeffitsiyenti ni topish va jadval yordamida metallni aniqlash.
Yogʻ pardasi usulida molekula oʻlchamini aniqlash
Suv betiga tomizilgan yogʻ kislotasi eritmasi hosil qilgan bir molekulali qatlam yuzasini oʻlchab, molekula oʻlchamini ( m) aniqlash.
Barometrik formula: havoning molyar massasini balandlik boʻyicha aniqlash
Balandlik ortishi bilan atmosfera bosimining eksponensial kamayishini oʻlchab, barometrik formula yordamida havoning oʻrtacha molyar massasini topish.
Molekulalarning tezliklar boʻyicha taqsimoti: temperaturani aniqlash
Tezlik selektori yordamida gaz molekulalarining tezliklar boʻyicha taqsimotini oʻlchash va uning shakli bilan gazning temperaturasini topish.
Joul tajribasi: ish va issiqlik miqdori, suvning solishtirma issiqlik sigʻimi
Tushuvchi yuklarning mexanik ishi suvni isitishini koʻrsatish (termodinamikaning I qonuni) va shu orqali suvning solishtirma issiqlik sigʻimini aniqlash.
Gazning issiqlik sigʻimi va molekulaning erkinlik darajalari
Berk idishdagi gazni elektr isitgich bilan isitib, bosim ortishiga qarab erkinlik darajalari soni ni aniqlash va gazning molekulyar tuzilishi haqida xulosa qilish.
Molekulalarning oʻrtacha erkin yugurish yoʻlini dasta susayishi orqali aniqlash
Siyraklashtirilgan gazdan oʻtayotgan molekulyar dasta intensivligining susayishini oʻlchab, oʻrtacha erkin yugurish yoʻli ni topish va uni bosim bilan bogʻlash.
Gazlar diffuziyasi: Graham qonuni va nomaʼlum gazning molyar massasi
Ikki gazning naychada bir-biriga qarab diffuziyalanishi tezligini solishtirib, nomaʼlum gazning molyar massasini aniqlash.
Karno sikli: issiqlik mashinasi va nomaʼlum isitkich temperaturasi
Ideal issiqlik mashinasining isitkichdan olgan va sovitkichga bergan issiqligini oʻlchab, Karno sikli FIK ni va isitkichning nomaʼlum temperaturasini aniqlash.
Real gaz: Van-der-Vaals tenglamasi va molekulalararo tortishish
Bir mol real gazning bosimi va hajmini oʻlchab, ideal gaz tenglamasidan chetlanishni koʻrish va Van-der-Vaals tenglamasidagi tuzatmani aniqlash.
Joul–Tomson effekti: drossel orqali kengayishda gaz temperaturasining oʻzgarishi
Gaz gʻovak toʻsiq (drossel) orqali kengayganda temperaturasining oʻzgarishini oʻlchab, differensial Joul–Tomson koeffitsiyenti ni topish va gazni aniqlash.